"Qo'qon-1912": "So'g'diyona"ga qarshi tayyorgarlik davom etmoqda

Narzulla Saydullayev
15 noya 2017, 07:33
Avval xabar berib o'tganimizdek, "Qo'qon-1912" jamoasi a'zolari 13 noyabr kuni navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan.

Toshkent shahrida yig'ilgan futbolchilar "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli maydonda mashg'ulotlar o'tkazishmoqda. Javohir Sidiqov O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan birga BAAdagi yig'inda ishtirok etgan bo'lsa, yana uch nafar o'yinchilar – Avaz Mamatxo'jaev, Oybek Rustamov va Andrey Sidorovlar O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yig'inida bo'lib turishibdi. 

Jamoaning qolgan a'zolari esa “So'g'diyona”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinga jiddiy tarzda tayyorgarlik kurishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz