"Qo'qon-1912" sobiq himoyachisi FarDUga o'tdi

Narzulla Saydullayev
14 mar 2024, 14:54
Faoliyati mobaynida "Sho'rtan", "Buxoro", "Istiqlol" va "Qo'qon-1912" kabi klublarda harakat qilgan tajribali himoyachi Abduxoliq Qurbonov 2024 yilgi mavsumni Farg'ona jamoasida boshlaydigan bo'ldi.

O'tgan mavsumni qo'qonliklar safida o'tkazgan futbolchi endilikda Sergey Lebedev boshqaruvidagi FarDU klubi safiga qo'shildi.

Ma'lumot uchun, Farg'ona davlat universiteti jamoasi 2024 yilgi mavsum Birinchi ligada ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia