“Qo'qon-1912” - “Qizilqum” uchrashuvi bosh hakami Superligadan chetlatildi

Narzulla Saydullayev
27 may 2018, 13:47
Superliga 13-turi doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvida bosh hakam vazifasini bajargan Akobirxo'ja Shukurullaev o'yin jarayonida ketma-ket xatoliklarga yo'l qo'ygani uchun jazolanadi.

O'FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi ushbu holatni o'rganib chiqdi va bosh hakam A.Shukurullaevni Superliga o'yinlaridan chetlatishga qaror qildi.

A.Shukurullaevga hakamlik tajribasini orttirish, Superliga talabiga javob berishga loyiq ko'rilgunga qadar PRO-ligada faoliyatini davom ettirish imkoniyati berildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com