“Qo'qon-1912” katta murabbiyi: “Muxlislarimizga sabr tilaymiz”

Narzulla Saydullayev
14 apr 2019
Superliga 4-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Buxoro” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo'qon-1912” jamoasi katta murabbiyi Aziz To'xtaboev qatnashdi.

"Birinchi taymda o'yinimiz biroz qovushmadi. Yigitlarda o'zlariga bo'lgan ishonch yetishmadi. Ikkinchi taymda yaxshi o'yin namoyish etdik. Biroq vaziyatlardan foydalanishda omad bizdan yuz o'girdi. Xudo xohlasa, keyingi bahslarda g'alaba uchun maydonga tushamiz.

Mag'lubiyatda birinchi navbatda murabbiylar aybdor bo'ladi. Agar yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanganimizda hisob boshqacha bo'lishi mumkin edi. Uchrashuv davomida yo'l qo'yilgan kamchiliklarni tahlil qilib, keyingi o'yinga boshqacha tayyorgarlik ko'ramiz. Muxlislarimizga sabr tilaymiz. Bu vaziyatdan tezroq chiqib kyetishga harakat qilamiz. Barcha ishqibozlarimizga katta rahmat. Har doim bizni yaxshi qo'llab turishibdi.

Mag'lubiyatda himoyachilar yoki darvozabonni ayblamagan bo'lardim. Maydonda 11 kishi o'ynaydi. Futbol jamoaviy o'yin. Natijada barcha birdek aybdor", - deydi Aziz To'xtaboev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz