"Qo'qon-1912": Iyul oyidagi o'yinlarimiz

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2017, 09:30
Ayni damda jamoamiz ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

“Qo'qon-1912” jamoasi iyul oyida rasmiy uchrashuv doirasida bitta, va ikkita nazorat o'yinida ishtirok etadi. Futbolchilarimiz 28 iyul kuni O'zbekiston kubogi chorak final javob uchrashuvi doirasida “Nasaf”ga qarshi maydonga tushishadi. Mazkur uchrashuv Qo'qonda bo'lib o'tadi.

Bundan tashqari, jamoamiz a'zolari ushbu oyda “Neftchi” va “Qizilqum” klubilariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishadi. 16 iyul kuni vakillarimiz “Qizilqum”ga qarshi to'p surishadi. Farg'ona viloyat derbisi bo'lmish  – “Neftchi” bilan bo'ladigan bahs esa 21 iyul sanasiga belgilangan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz