

Oliy liga taqvimidagi tig'izlik tufayli dam olmagan futbolchilar , navbatdagi tur o'yinlaridan oldin 3 kun dam oladigan bo'lishdi.
Jamoamiz navbatdagi 27-tur o'yinini safarda “Buxoro” jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Murabbiylar shtabi “Buxoro”ga qarshi tayyorgarlikni 29 oktyabr kunidan boshlanishini e'lon qilishgan. Shu kuni jamoamiz Toshkent shahrida yig'ilishadi hamda navbatdagi o'yinga tayyorgarlikni poytaxtda olib borishadi.




