

Ertadan jamoa a'zolari klub bazasiga yig'ilib, O'zbekiston Kubogi 1/8 final javob uchrashuvi doirasidagi “Navbahor”ga qarshi bo'ladigan bahsga tayyorgarlikni boshlab yuborishadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Kubogi 1/8 final dastlabki o'yinida Namanganda vakillarimiz Otabek Zokirov tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g'alaba qozonishgan edi.
Javob uchrashuvi – 21 may kuni Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohida bo'lib o'tadi.



