"Qo'qon-1912": Futbolchilar bugun to'planishadi

Narzulla Saydullayev
16 mar 2016, 07:46
Terma jamoamizning JCH-2018 saralash bosqichida ishtirok etishi tufayli Oliy ligada qisqa tanaffus e'lon qilindi.

Bu orada ayrim jamoalarimiz O'zbekiston Kubogi bahslarida ishtirok etishadi. “Paxtakor” bilan bo'lgan o'yindan keyin  jamoamiz a'zolariga qisqa muddatli tatil berilgandi.

Ma'lum vaqt dam olish imkoniga ega bo'lgan futbolchilar bugun klub qarorgohida to'planib, mamlakat kubogining 1/16 finalidan o'rin olgan “NBU Osiyo” – “Qo'qon-1912” uchrashuviga tayyorgarlik ko'rishni boshlashadi.

Eslatib o'tamiz mazkur o'yin 18 mart sanasiga belgilangan.

Ushbu uchrashuvda jamoamizga omad tilab qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz