

Jamoamiz a'zolari “Markaziy” o'yingohda ikki mahal mashg'ulot o'tkazishdi. Mashg'ulotlarda barcha futbolchilar astoydil ter to'kdilar.
Bugun esa futbolchilar bir mahal mashg'ulot o'tkazishadi va tushdan so'ng Qo'qon-Toshkent-Qarshi yo'nalishi bo'ylab safarga jo'nab ketishadi.
“Ajdarlar”ga qarshi o'tkaziladigan bahsda vakillarimizga omad tilab qolamiz.
Mashg'ulotlarga oid fotosuratlar bilan tanishing:










