"Qo'qon-1912" 20 dekabrdan yig'inga kirishadi

Narzulla Saydullayev
11 dek 2013, 11:38
Birinchi liga jamoalaridan birinchilardan bo'lib, "Qo'qon-1912" tayyorgarlikni boshlaydi.
Kelasi yil oliy ligaga chiqish uchun asosiy da'vogarlardan biri sifatida qaralayotgan, qo'qonliklar shuning uchun ham yig'inni ertaroq boshlaydi.

"CA"ning aniqlashicha jamoa a'zolari 20 dekabrdan o'z qarorgohida yig'iladi. Unga qadar tarkibda kimlar qolishi va kimlar bilan xayrlashish kerakligi oydinlashadi. Bundan ko'rinib turibdiki, klub selekciya jarayonida faollik ko'rsatadi.

Bosh murabbiy Tohir Kapadze ayni paytda Tashkentda bo'lib o'tayotgan, PRO murabbiylik licenziyasi uchun kurslarda ishtirok etmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia