Qiziq xabar! O'tkir Yusupov tufayli "Fulad" xodimi ishdan ketdi

Mirjalol Normatov
11 okt 2024, 22:54
Kecha O'zbekiston terma jamoasi o'z maydonida Eron termasiga qarshi bahs olib bordi.

Bahsda hisob ochilmadi, 0:0. Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida Eron termasi gol urib ketishi mumkin bo'lgandi. Biroq o'yinni yuqori darajada o'tkazgan O'tkir Yusupov zarbani qaytarib, hisobning ochilishiga yo'l qo'ymagandi.

Ma'lumki, Yusupov Eron chempionatida o'ynaydi va "Fulad" sharafini himoya qiladi. O'yin yakunlanganidan keyin "Fulad" matbuot xizmati O'tkir Yusupovni esladi:

"Fulad" burguti"

Ma'lum bo'lishicha, ushbu post tezda o'chirib tashlangan va ushbu postni qo'ygan klub ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlovchi xodimi ishdan bo'shatilgan, deb yoziladi manbada.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia