Qiziq! "Kuchli-beshlik"dagi top jamoalar yangi yilni g'alaba bilan boshlay olishmadi

7 yanv 2015, 03:20
Yevropaning bir qator grand jamoalari 2015 yildagi o'zlarining ilk rasmiy o'yinlarida g'alaba qozona olishmadi.

Dastavval Angliya chempionatining 20-turida "Arsenal", "Chelsi" jamoalari o'z raqiblariga mag'lub bo'lishgan edi. Lui van Gal boshchiligidagi "Manchester Yunayted" esa "Stok Siti" bilan, "Liverpul" esa "Lester" bilan o'yinda durang qayd etdi.

Ispaniya chempionatining 17-turida "Real" "Valensiya"ga imkoniyatni boy bergan bo'lsa, "Barselona" "Real Sosedad" oldida ojiz qoldi.

Italiya chempionati ham "syurpriz"larga boy bo'ldi. "Milan" kutilmaganda o'z maydonida "Sassuolo"ga yutqazib qo'ygan bo'lsa, "Yuventus" hamda "Inter" o'rtasidagi bahsda g'olib nomi aniqlanmadi. 

Shunday qilib "kuchli-beshlik"dagi har uchchala chempionatning eng nomdor jamoalar yilni g'alaba bilan boshlay olishmadi.

Fransiya hamda Germaniya chempionatlarida esa hozircha kichik tanaffus yuzaga kelgan va u yerda hali tur o'yinlari bo'lib o'tgani yo'q.


Manba: championat.asia