“Qizilqum”: Muxlislarimiz Toshkentga borishadi

Narzulla Saydullayev
28 mar 2014, 17:32
“Qizilqum” futbol klubi uy uchrashuvlarini Navoiy shahrida o'tkaza boshlagach, muxlislari safi sezilarli darajada kengaydi.
Hozirda jamoa qoshida rasman “Muxlislar klubi” faoliyat olib bormoqda. Bu esa navoiylik ishqibozlarning o'z sevimli jamoalarini safar uchrashuvlarida ham bevosita stadionning o'zida turib qo'llab-quvvatlashlari uchun keng imkoniyatlar yaratyapti.

Bunga dastlabki turning “Bunyodkor” - “Qizilqum” o'yini ham yaqqol misol bo'ladi. Toshkentdagi uchrashuvni kuzatish uchun yuz nafarga yaqin muxlis Navoiydan tashrif buyurgan edi.

Ularning uyushqoqligi va faolliklari 23 mart kuni Navoiydagi “So'g'diyona” stadionida kechgan “Qizilqum” - “Andijon” jamoalari bahsida ham sezildi. O'yin kuchli yomg'ir ostida o'tganligiga qaramasdan navoiylik muxlislar o'z sevimli jamoalarini yolg'izlatib qo'yishmadi. Yakunda “Qizilqum” ikkinchi turda dastlabki uch ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ydi.

Rejaga ko'ra, muxlislar klubi a'zolari uchinchi tur doirasida Toshkentda bo'ladigan “Paxtakor” - “Qizilqum” uchrashuviga tashrif buyurishga qaror qilishgan.

Muxlislar klubi 29 mart kuni ertalab soat 6.00 da Navoiy shahridagi “So'g'diyona” stadioni oldida yig'ilishadi va maxsus avtobusda yo'lga otlanishadi.

Murojaat uchun telefon: +998913333773.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcqizilqum.uz