
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, dastlabki yig'in 20 dekabrda boshlanishi rejalashitirilgan. Ushbu kichik yig'in bir hafta vaqt davomida bo'lib o'tadi. Unda asosan futbolchilarning jismoniy xolatini tiklashga e'tibor qaratiladi.
Shundan so'ng, yangi yil munosabati bilan qisqa muddatli tatil elon qilinadi.
Yanvar oyining dastlabki haftasidan esa yig'in Tashkentda boshlanadi.
Boshqaruv postida mahalliy murabbiy Yuriy Lukinning o'zi qolishi deyarli aniq bo'lib ulgurgan. Faqatgina unga xorijdan, aniqrog'i, Serbiya yoki Xorvatiyadan maslahatchi murabbiy olib kelinishi mumkin.
Bu yilgi mavsumda boshqa jamoalardan ijara asosida o'ynash uchun kelgan Eldor Boymatov (“Nasaf”), Zafar To'raev, Isroil Ergashev (“Olmaliq”) kabi o'yinchilar “Qizilqum”ni tark etishgan.
Shuningdek Jalil Kimsanovga ham javob berib yuborilgan.
Tarkibga yangi kelib qo'shiladiganlar nomi esa yanvarda aniq bo'ladi.