Qizilqum 8 martda Nasaf bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
7 mar 2014, 11:39
Navoiyning Qizilqum jamoasi shu kunlarda o'z qarorgohida yangi mavsumga so'nggi tayyorgarlik mashg'ulotlarini olib bormoqda.
Bosh murabbiy Yuriy Lukin shogirdlari bilan kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarni tashkil etyapti.

Tarkib deyarli aniqlanib bo'lingan. Yangi mavsumda Dilshod Hamroev (Bunyodkor), Mirjalol Qurbonov (Guliston), Ruslan Vagapov (Metallurg), Vladimir Shishelov (Metallurg-Kuzbass Novokuzneck, Rossiya), Eldor Boymatov (Nasaf), Sherali Jo'raev (Olmaliq), G'ayrat Jumaev (Neftchi), Samandar Shodmonov (Nasaf), Alisher Sanoev (Buxoro) kabi futbolchilar konchilar tarkibida to'p surishadi.

Rejaga ko'ra, Qizilqum jamoasi 8 mart kuni navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Unda o'tgan mavsum bronza medali sovrindori Qarshining Nasaf futbolchilari konchilar raqibi bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv Qiziltepa shahrida Do'stlik stadionida o'tkaziladi. O'yin soat 12.00 da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcqizilqum.uz