"Qirollik klubi"dan navbatdagi rekord (+video)

Aslanov Jasurbek
22 noya 2017, 16:59
Madridning "Real" klubi 21 noyabr kuni APOELga qarshi Chempionlar ligasining 5-turida 6:0 hisobida g'alabaga erishdi.

Ushbu g'alaba "Qirollik klubi" guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlashini taminladi. Shunday qilib "qaymoqranglilar" 1992 yildan Chempionlar ligasi deb nomlangan turnirning barcha mavsumida (26ta) pley-off yo'llanmasiga ega chiqqan yagona klubga aylandi.

Eslatib o'tamiz, "Real" Chempionlar ligasida ketma-ket ikki marta zafar quchgan birinchi klub hisoblanadi.

"Qirollik klubi" sayti ushbu rekord uchun maxsus video taqdim etdi.

TAS-IX



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia