Qirg'iziston. Alisher Azizov chempionatni dubl bilan boshladi

Narzulla Saydullayev
8 apr 2017, 21:33
Bugun qo'shni Qirg'iziston chempionatida ham yangi mavsum start oldi.

Mavsumning 1-tur uchrashuvida hamyurtlarimiz Alisher Azizov hamda Shohruh Murotov to'p suradigan "Dordoy" va "Qorabolta" jamoalari o'zaro hisob-kitob qilishdi. Aytish kerak, mezbonlarning yirik, 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuvda Alisher Azizov dublga erishdi. Maydon egalarining yana bir goliga Mirbek Axmataliev mualliflik qildi.


"Dordoy" - "Qorabolta" 3:0

Gollar: Alisher Azizov 2ta, Mirbek Axmataliev


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia