Qashqadaryo futbol federatsiyasida hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
1 avg 2014, 08:30
O'tgan hafta Qashqadaryo viloyat futbol federatsiyasida yarim yillik hisobot konferenciyasi bo'lib o'tdi.
Viloyatda o'tgan yarim yil mobaynida futbol sohasida qilingan ishlar, erishilgan yutuqlar va yo'l qo'yilgan kamchiliklar haqida mas'ullar yig'ilganlarga hisobot berishdi hamda kelajakdagi rejalar muhokama qilindi. Xususan, G'uzor futbol federatsiyasi  vice-prezidenti Taril Jo'raev o'z hisobotida taqvim rejaga asosan tumanda qilingan ishlar bo'yicha ma'lumot berdi. Bundan tashqari Qarshi shahar futbol federatsiyasi vice-prezidenti Asror Djuraev ham o'z maruzasida futbol maydonlarining bugungi kundagi holati to'g'risida qisqacha ma'lumot berib o'tdi.

Majlisda yig'ilganlardan Nishon, Chiroqchi, Muborak tuman  futbol federatsiyasi rahbarlarining ham hisobot maruzalari o'qib eshittirildi. Yutuq va kamchiliklari yuzasidan kerakli fikr-mulohazalar bildirildi.

Shundan so'ng,  2014 yil Viloyat futbol federatsiyasi taqvim rejasiga asosan o'tkazilgan bir qator musobaqalar xususida federatsiyaning murabbiylik va hakamlik-inspektorlikni rivojlantirish bo'yicha mutaxassisi Elbek Jo'raev o'z hisobotida ma'lumot berib o'tdi.



“Viloyatimiz miqyosida o'tkazilayotgan ikkinchi liga musobaqasining birinchi davra yakunlari to'g'risida gapiradigan bo'lsak, chempionatni  14 jamoa boshlagan edi. Ma'lum sabablarga ko'ra dastlab “Po'lati-Bunyodkor” musobaqani tark etdi. Mavsum boshi bo'lganligi sababli Koson jamoasi o'rniga Shahrisabzning “Hisor” jamoasi o'yinlarni davom ettirdi. Achinarlisi birinchi davra yakuniga kelib Chiroqchining “Afsonaviy Ko'kdala” jamoasi ketma-ket uchta uchrashuvda texnik mag'lubiyat qayd etganligi sababli tartib intizom qo'mitasi qaroriga asosan musobaqadan chetlatildi hamda turnir jadvalidan ham olib tashlandi”,- qayd etib o'tdi Elbek Jo'raev.-“Shuningdek. viloyat futbol federatsiyasi tomonidan taqvim rejaga asosan Faxriylar, Huquqni muhofaza qilish organlari, tashkilot va korxonalar. BUSMlar o'rtasida viloyat birinchiligi mini futbol musobaqalari katta qaziqish bilan o'tkazilyapti. Bundan tashqari Banklar o'rtasida ham mini futbol musobasi o'tkazilishi rejalashtirilgan”Alisher Fayz

Viloyat futbol federatsiyasi mutaxassisi Olim Tolipov ham o'z hisobotida taqvim rejaga asosan amalga oshirilgan ishlar bo'yicha statistik  ma'lumotlarni  berib o'tdi.

Majlisda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining viloyatdagi vakili Sirojiddin Odilov ham o'z maruzasi bilan ishtirok etib, viloyatimiz sportining ravnaqi to'g'risida fikr-mulohazalarini bildirib o'tdi.



Shuningdek, Viloyat futbol federatsiyasining Tartib-intizom qo'mitasi a'zosi Sherali Shukurov amalga oshirilgan ishlar to'g'risida majlis ishtirokchilariga ma'lumot berib o'tgan bo'lsa,  “Nasaf” futbol klubi matbuot kotibi Aziz Nuriy ham “Qashqadaryo futbolida matbuotning o'rni” to'g'risida qisqacha gapirib o'tdi.

O'zbekiston ayollar futbol assotsiatsiyasi yetakchi mutaxassisi Alisher Fayziev o'z maruzasida Qashqadaryo viloyat futbol federatsiyasining respublika futbolidagi nufuzi xususida keng to'xtalib o'tarkan quyidagi faktni keltirdi:

- Birgina Qashqadaryo viloyatining “Sevinch” ayollar jamoasi misolida olib qaraydigan bo'lsak, bu jamoa 10 karra respublika chempioni bo'lgan. Albatta, bu ko'rsatgichlar ham viloyat futbolining nufuzi yuqori ekanligini ko'rsatadi.

Majlis so'nggida viloyat futbol federatsiyasi birinchi vice-prezidenti Norqul Daminov yuqorida qayd etilgan hisobotlardagi yutuq va kamchiliklar to'g'risida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Xususan. viloyat futbol federatsiyasi faoliyatini yanada yaxshilash uchun  federatsiyada yuridik tartibni yo'lga qo'yish bo'yicha ishlar olib borilishi haqida taklif kiritildi. Yosh futbolchilarni tanlab olish tizimini kengaytirish va faoliyatining haqqoniyligini  taminlash asosiy vazifa qilib belgilab olindi.



- Shunday tizimni yo'lga qo'yish kerakki, viloyatimizdagi eng chekka qishloq va ovullarga ham futbol kirib borishi, mahalliy bolalarning futbolga bo'lgan qobiliyatlarini shakllantirish va ulardagi sportga bo'lgan intilishlarni qo'llab-quvvatlash lozim. Har bir hududdagi istedodli bolalarni izlash, ularning iqtidoridan kelib chiqib kelajakdagi faoliyatida yo'l-yo'riq ko'rsatish kerak. Shundagina viloyatimiz haqiqiy futbolchilarni yetishtirib beradi. Bundan tashqari, futbol maydonlarning holatini yaxshilash bo'yicha ham aynan chekka tumanlarga ko'proq e'tibor qaratish kerak…

Viloyat futbol federatsiyasi tomonidan taqvim rejaga asosan hozirda Faxriylar, Huquqni muhofaza qiluvchi organlari, tashkilot va korxonalar. BO'SMlar o'rtasida viloyat birinchiliklari, mini futbol musobaqalari katta qaziqish bilan o'tkazilmoqda. Bundan tashqari Banklar ligasini tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Shuningdek, viloyat futbol federatsiyasi 2016 yilgacha ikkita katta ishni yo'lga qo'yishni rejalashtirgan. Jumladan, viloyatda ayollar futbolini o'g'il bolalar futboli darajasiga ko'tarish hamda har bir tuman markaziy stadioni yonida sohil futbol maydonlarini tashkillashtirish va sohil futbolini  keng miqyosda yo'lga qo'yish maqsad qilib belgilandi.

Nodira KARAKULOVA

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz