Qarzlar tufayli "Milan"ning egasi o'zgardi

Aslanov Jasurbek
11 iyul 2018
"Milan" qarzlar tufayli Amerikaning Elliot Management fondi qo'liga o'tdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Xitoylik biznesmen Li Yonxong 2017 yil aprel oyida Elliot Management fondidan olgan krediti qarzini vaqtida to'lay olmadi va endi "Milan"ni boshqaruvi AQSH kompaniyasi qo'liga o'tdi.

Amerikaliklar klubning moliyaviy holatini barqarorlashtirish uchun 50 mln. evro sarflashmoqchi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Italiya klubi licenziyalash va feyr-pley qoidalarini buzgani uchun bir mavsumga evrokuboklardan chetlatilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia