“Qaldirg'ochlar” uchishga shay bo'lib turishibdi (FOTO)

Narzulla Saydullayev
12 may 2014, 08:07
Ayni daqiqalarda “Bunyodkor” professional futbol klubi delegaciyasi poytaxt xalqaro aeroportida bo'lib turibdi.
Bu haqida klub rasmiy tvitterida xaba berildi. Soat 08:25da “qaldirg'ochlar” Toshkent-Dubay-Ar Riyod yo'nalishi bo'yicha Saudiya Arabistoniga parvoz qilishadi.

Eslatib o'tamiz, “Bunyodkor” jamoasi 14 may kuni OCHL nimchorak finali doirasidagi javob uchrashuvida Saudiya Arabistonining “Al Hilol” klubi mehmoni bo'ladi. 7 may kuni Toshkentda bo'lib o'tgan ilk o'yinda riyodliklar 1:0 hisobida zafar quchishgandi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com