

"Olmaliq" va O'zbekiston milliy terma jamoasida darvozabonlar murabbiyi bo'lib ishlayotgan Pyotr Petrovich bundan keyin faoliyatini Toshkentning "Lokomotiv" jamoasida davom ettiradi.
"Olmaliq" klubi rahbariyati va jamoa a'zolari unga 7 yil davomida jamoa rivojiga qo'shgan hissasi uchun tashakkur izhor etadi. Shu bilan birga uning keyingi ish faoliyatiga omad va zafarlar tilaydi.



