

"Bizda o'z maqsadlarimiz bor va bor e'tiborimizni shunga qaratganmiz. G'alaba qozonishda davom etmoqchimiz. Bugungi g'alabadan xursandmiz.
Murabbiy bizdan to'pni ko'proq boshqarish, maydon markazida ushlanib qolmaslikni so'radi. Buni bajardik va bir nechta ajoyib imkoniyatlar yaratdik. Biz maydonning har bir qismida o'yinni boshqardik" - deydi Pyanich.



