Pyanich shartnoma imzolashga yaqin

Mirjalol Normatov
20 avg 2018, 23:55
"Yuventus" yarim himoyachi Miralem Pyanich bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.

Italiyalik jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, tomonlar bu borada deyarli kelishib bo'lishgan. Yangi shartnomaga ko'ra, bosniyalik xavbek "Yuve"da yiliga 6,5 mln evro maosh ishlab topadi. Kelishuv esa 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq uning xizmatlariga "Real" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/gianlucadimarzio