Pyanich Manchesterga ko'chib o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
5 iyun 2018, 19:51
"Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanichga yana bir da'vogar jamoa paydo bo'ldi.

“fichajes.com” xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchining xizmatlariga  "Manchester Siti" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Nashrnin tasdiqlashicha, bosniyalik futbolchining transferi 65 million  evroni tashkil etishi mumkin. Oldinroq uning xizmatlariga "Real"  va "Barselona" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

Pyanich “Yuventus” safida 2016 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Yakuniga etgan mavsumda u jamoasi safida 31 ta uchrashuvda maydonga tugib beshta gol urdi va 11 ta golga hammualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fichajes.com