Pyanich "Barselona"dan ketadi

Mirjalol Normatov
11 iyul 2021, 17:50
Mavsumlar oralig'ida yarim himoyachi Miralem Pyanich "Barselona"dan ketadi

Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, futbolchining agenti Fali Ramadani mijozi uchun jamoa izlashni boshlab yuborgan.

Oldinroq tomonlar shartnomani bekor qilish borasida muzokaralar olib borayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi. Chunki jamoa bosh murabbiyi Ronald Kuman futbolchini rejalariga kiritmayotganini ma'lum qilgan.

Bosniyalik A Seriyaga qaytishni rejalashtirmoqda. Uning xizmatlariga "Roma" va "Yuventus" tomonidan qiziqishlar bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal