Pyanich: "Barselona" tarixida iz qoldirmoqchiman"

Alisher
9 noya 2020, 16:08
"Barselona" xavbeki Miralem Pyanich Kataloniya grandi tarixida o'z izini qoldirmoqchi.

"Men dunyoning eng buyuk klubi tarkibida o'ynamoqdaman. Men doim shu yerda o'ynashni orzu qilganman. "Barselona" tarixida iz qoldirmoqchiman.

Menda bunday imkoniyat bo'ladi deb o'ylayman. Jamoa bilan futbolda mavjud barcha titulni yutmoqchiman va eng yaxshilaridan biri bo'lishni xohlayman", - deydi yarim himoyachi.

Miralem "Barselona"ga o'tgan yozda 60 million evro evaziga o'tgan. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 4 yilga mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasida 4ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: barcablaugranes.com