PSV rahbariyati yozda Depayni ketishiga tayyor

Narzulla Saydullayev
21 fev 2015, 09:02
Gollandiyaning PSV klubi ustozi Fillip Koku jamoaning yosh futbolchisi Memfis Depay mavsum tugagach boshqa klubga o'tishiga shubha qilmayapti.
21 yoshli Depay ushbu mavsumni qoyilmaqom tarzda o'tkazmoqda. Qanot hujumchisi o'rnida o'ynaydigan Memfis PSV safida 23ta o'yinda 18ta gol urdi.

Unga bosh da'vogar sifatida "Manchester Yunayted" aytilmoqda. Klub bosh murabbiyi Lui Van Gal o'z vaqtida Depayni Gollandiya terma jamoasiga chaqirgan va JCH-2014ga olib ketgandi. Braziliyada u ikkita gol urgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru