PSJning uch yetakchisi "Leyptsig"ga qarshi o'ynamaydi

Aslanov Jasurbek
18 okt 2021, 19:57
Neymar, Leandro Paredes va Serxio Ramos jarohatlari tufayli PSJning navbatdagi o'yinini o'tkazib yuboradi.

O'tgan hafta Braziliya terma jamoasidan qaytgan Neymar, qorinning ostki qismida og'riqqa duch kelgan va yaqin kunlarda davolanish amaliyotini o'taydi.

Paredes Argentina terma jamoasi safida jarohat oldi va kelasi oy maydonga qaytadi.

Ushbu mavsumda PSJ tarkibida hali maydonga tushmagan Ramos esa boldir mushaklaridan olgan jarohatidan tiklashda davom etmoqda.

Ularning barchasi 19 oktyabr kuni Chempionlar Ligasi doirasida "RB Leyptsig"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: psg.fr