PSJning asosiy futbolchisi jamoada qolishi mumkin

Mirjalol Normatov
6 avg 2023, 18:15
"L'Equipe" xabariga ko'ra, Marko Verrattining Saudiya Arabistoniga ketish ishlari barbod bo'lishi mumkin.

Iyul oyida Fabricio Romano tomonidan Marko Verrattining PSJdan "Al Hilol"ga o'tishi mumkinligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

Biroq klublar o'zaro kelisha olishmadi. Fransiya klubi 30 yoshli futbolchisini qo'yib yuborishni istamayotganini ma'lum qilgan.

"L'Equipe" nashri futbolchining Parijda qolishi ehtimoli yuqoriligini ma'lum qildi. Jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike ushbu futbolchisining asosiy rolda bo'lishini va shu sababli uni ketkazib yuborilmasligini so'ragan.

Verratti PSJ tarkibida 416 o'yinda qatnashib, 11 gol va 61 assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe