PSJning 83 fanati CHL finalidan keyin Parijdagi tartibsizlar ortidan hibsga olindi. Policiya gaz va dubinka ishlatdi

Alisher
24 avg 2020, 11:50
PSJ muxlislari CHL finali doirasidagi "Bavariya" (0:1)ga qarshi o'yindan so'ng Parijda tartibsizlik yuzacha keltirishdi.

5 mingdan ortiq muxlis jamoaga muxlislik qilish uchunu "Park de Brens" stadioni atrofida to'planishdi. Ular fayerlar yoqishdi. Uchrashuvdan so'ng janjallar sodir bo'ldi - muxlislar policiya bilan to'qnashdi.

Shundan so'ng ishqibozlar Elisey maydonida katta tartibsizlik yuzaga keltirishdi: bir necha mashinalar yoqib yuborildi, do'kon buzildi va derazalar sindirildi. Policiya ma'lumotlariga ko'ra, 83 kishi hibsga olingan.

Policiya ko'zni yoshlantiruvchi gaz va dubinkalar ishlatdi.



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Yahoo News