PSJdan ketishini e'lon qilgan Mbappe navbatdagi o'yinni o'tkazib yuboradi

Tolibjon Qosimov
15 may 2024, 15:43
Yaqindagina Parij klubini tark etishini ma'lum qilgan Kilian Mbappe navbatdagi bellashuvni o'tkazib yuboradi.

Fransiya chempionati 32-turi doirasida PSJ bugun tunda "Nicca" mehmoni bo'ladi. Kilian esa sonning orqa yuqori qismidagi og'riq sabab mazkur o'yinni o'tkazib yuboradi. Bu haqda "LeParisien" jurnalisti Dani Jil ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, "Nicca"ga qarshi bellashuv uchun Parij klubi matbuot xizmati e'lon qilgan qaydnomada ham Kilian Mbappe yo'q.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: leparisien.fr