PSJda 7-raqamning yangi egasi ma'lum!

Mirjalol Normatov
16 yanv 2025, 20:16
Xvicha Kvaratsxeliya PSJda 7-raqamda o'ynaydi.

"Le Parisien" oldinroq tomonlar futbolchining 70 mln evrolik transferiga rozilik bildirgani borasida ma'lumotlar bergandi. Bugun PSJ futbolchiga Kilian Mbappedan keyin bo'sh turgan 7-raqamni berishga qaror qildi.

Qayd etilishicha, parijliklar futbolchining xuddi Kilian kabi Xvichaning ham Krishtianu Ronalduning muxlisi ekanligini yaxshi biladi va shunga ramziy ravishda 7-raqamni taqdim qiladi.

"Napoli"da Xvicha 77-raqamda o'ynayotgandi, chunki jamoada 7-raqam band bo'lgandi. O'sha paytda 7-raqam Elif Elmasga tegishli edi, keyinchalik David Neres ushbu raqam ostida o'ynadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le Parisien