PSJ yozda katta transferga qo'l urishi mumkin

Alisher
28 fev 2020, 18:45
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali yozda PSJga o'tishi mumkin.

Parijliklar sport direktori Leonardo 28 yoshli futbolchining agenti bilan aloqaga chiqqan.

PSJ Tiago Silva klub bilan shartnomani uzaytirmagan taqdirda, Kulibalini aynan braziliyalik futbolchiga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Neapol klubi o'yinchining transferidan 100-110 million evrodan kam ishlamoqchi emas.

Oldinroq, Kulibalining Parijdan 4 million evrolik uyni xarid qilgani haqida xabarlar yangragan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira