PSJ Veynaldumni "Barselona"dan ilib ketmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
5 iyun 2021, 08:39
Yarim himoyachi Jorjino Veynaldum faoliyatini qayerda davom ettirishi haligacha so'roq ostida turibdi.

Unga Yevropaning bir necha top-klublari tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Ammo PSJ qolgan klublarga nisbatan, shu jumladan "Barselona"ga qaraganda qiziqroq taklif bilan chiqqan. 

Ayni paytda Veynaldum Parij jamoasiga borib qo'shilish haqida o'ylamoqda. Avvalroq esa futbolchi "Barselona" bilan uch yillik shartnoma bo'yicha kelishib olgani va Evro boshlangunga qadar tibbiy ko'rikdan ham o'tishi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Eslatib o'tamiz, Veynaldum iyun oyi oxirida "Liverpul"ni erkin agent sifatida tark etadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ESPN