

Bu haqda Bild xabar tarqatdi. Fransiyaning RMC Sport nashri esa tasdiqladi. Mutaxassis kecha kechqurun parijliklar sport direktori Leonardoning qarori bilan iste'foga chiqarildi.
Tuxelning shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
PSJ ayni damda "Lion" va "Lill"dan 1 ochko ortda qolgan holda, Fransiya chempionatida 3-o'rinda bormoqda. Jamoa Chempionlar Ligasi 1/8 finalida "Barselona" bilan o'ynaydi.
Eslatib o'tamiz, Tuxel Parij klubida 2018 yildan beri ishlab kelayotgandi. U klub bilan 6ta sovrin, jumladan ikki chempionlik titulini qo'lga kiritgan.



