PSJ Ruis bilan shartnoma borasida kelishib oldi

Sherzod Nurmatov
8 avg 2022
Yarim himoyachi Fabian Ruis "Napoli"dan PSJga o'tishga yaqin turibdi.

Fransiya klubi 26 yoshli futbolchi bilan kelishuv shartlarini kelishib oldi, deya xabar berdi jurnalist Fabricio Romano.

PSJ va "Napoli"ning transferi bo'yicha kelishuvga erishish uchun bazi tafsilotlarni hal qilish qoldi. Parij klubining sport masalalari bo'yicha maslahatchisi Luish Kampush ispaniyalik uchun kechayotgan kurashda "Real"ni mag'lub etishi lozim.

Bundan tashqari, PSJ va "Napoli" darvozabon Keylor Navasning transferi ustida ishlamoqda.

Parijliklar xavbek uchun qariyb 25 million evro to'lashi xabar qilingandi.

Ispaniyalik futbolchi o'tgan mavsum "Napoli" safida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano