

"Marca" xabariga ko'ra, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike 22 yoshli fransiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni talab qilmoqda.
Uning fikricha, Kamavinga PSJ yarim himoyasini kuchaytira oladi.

Eslatib o'tamiz, "Real" so'nggi paytlarda jarohati tufayli juda ko'p o'yinlarni o'tkazib yubora boshlagan futbolchini sotishga qarshi emas. Ayni damda ekspertlar fransiyalik futbolchining transfer qiymatini 60 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, Eduardo Kamavinga o'tgan mavsum "qaymoqranglilar" tarkibida Ispaniya chempionatida 19 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli pasga mualliflik qildi.



