

“Ziddiyat? Bo'lmagan gap. Buni sizlar, OAV xodimlari to'qib chiqarishdi”, deya bayonot berdi parijliklar prezidenti.
Eslatib o'tamiz, Fransiya chempionatining navbatdagi turida “Lion”ga qarshi bahsda Neymar va Kavani o'rtasida muammo kelib chiqqan. Urugvaylik futbolchi jarima zarbasini tepishga chog'langan paytda jamoa himoyachisi Dani Alvesh to'pni undan olib qo'yib, Neymarga bergandi. Keyinchalik Neymar raqib darvozasiga penalti belgilangan paytda Kavaniga jarima zarbasini tepishga halaqit qilgandi.



