PSJ prezidenti: "Barcha klublar tekin Reshfordning ortidan quvadi"

Sherzod Nurmatov
9 dek 2022, 10:59
PSJ prezidenti Nosir Al Helayfi "Manchester Yunayted" hujumchisi bilan shartnoma imzolashga tayyor.

"Markus Reshford – ajoyib futbolchi. Yana u bepul bo'lsa, dunyoning har bir klubi uni taqib qiladi.

Suhbatlashganimiz va qiziqishimiz borligini yashirmaymiz. Ammo o'shanda transfer uchun qulay vaqt emasdi. Ehtimol, bu yozda sodir bo'lar, nega endi yo'q?

Agar u erkin agentga aylansa, u bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilish mumkin, ammo hozircha biz buni qilmaymiz va unga bor e'tiborini Jahon chempionatiga qaratishga imkon beramiz. Agar bu transferga qiziqsak, u bilan yanvar oyida gaplashamiz", – dedi Al Helayfi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports