PSJ o'yinchilari Tuxelning ishidan norozi

Alisher
17 sen 2020, 11:10
Nemis mutaxassisi Tomas Tuxel PSJ bosh murabbiyligidan ketishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, jamoa futbolchilari murabbiyning ishidan norozi ekanligini bildirishmoqda.

Liga 1'dagi yomon startdan so'ng jamoaning kiyinish xonasidagi muhit jiddiy tarzda yomonlashdi. Bazi futbolchilar Tuxelning asosiy taktikasi to'pni braziliyalik Neymarga berishdir degan manoda hazil qilishdi.

Eslatib o'tamiz,  PSJ Fransiya chempionatidagi ikki o'yindan so'ng "Lans" (0:1) va "Marsel" (0:1) klublaridan mag'lubiyatga uchrashdi. Parij grandi nihoyat uchinchi o'yinda "Metc" (1:0) ustidan g'alaba qozondi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport