PSJ Nike bilan yangi shartnoma tuzishga yaqin

Aslanov Jasurbek
13 apr 2019, 11:02
PSJ va Nike hamkorlik bo'yicha yangi bitim tuzishlari mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, tomonlar bir necha hafta oldin kelishuvni uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborishgan. Parij klubi va sport kiyimlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya joriy hafta oxirigacha shartnomani imzolashlari kerak. Fransiya chempioni yangi bitim bo'yicha Amerika kompaniyasidan yiliga 75 mln. evro olishi kerak bo'ladi, bu hozirgi kelishuvdagidan 50 mln. evroga ko'p.

PSJ va Nike o'rtasidagi ilk shartnoma 1989 yilda imzolangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport