PSJ Mbappening narxini aniqlab oldi

Mirjalol Normatov
26 iyun 2019, 22:44
PSJ o'z hujumchisi Kilian Mbappeni qancha narx evaziga sotishini aniqlab oldi.

AS nashrinnig "L'Equipe"ga asoslanib bergan xabariga ko'ra, Parij klubi 20 yoshli forvardni 230-250 million evroga baholagan.

Oldinroq uning transfer narxi 200 million evro deb aytilgandi.

U 2017 yilda PSJga o'tgandi. O'tgan mavsumda u 43 o'yinda qatnashib, 39 gol urdi va 17 golga assistentlik qildi.

Mbappening PSJ bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe