PSJ Mbappega klubdagi eng katta maoshni taklif qildi

Narzulla Saydullayev
14 dek 2021, 22:57
Jamoa futbolchini o'z tarkibida olib qolmoqchi.

PSJ klubi o'z hujumchisi Kilian Mbappeni jamoada olib qolmoqchi.

RMC Sport nashrining ma'lum qilishicha, PSJ 22 yoshli futbolchiga jamoadagi eng katta maoshni taklif qildi. 

Mbappe yaqin fursat ichida qaror qabul qilishga shoshilmayapti. Hozirda futbolchi bor e'tiborini PSJga qaratgan. Kilian bu mavsum klub bilan YCHL g'olibligini qo'lga kiritish niyatida. 

Fransiyalik futbolchiga PSJ bergan shartnomaning moliyaviy taraflari unchalik ham muhim emas. Futbolchi yozda o'z istaklariga qarab bir qarorga keladi. Agar futbolchi Fransiyadagi faoliyati o'z yakuniga etganini sezsa, u holda "Real Madrid" bilan shartnoma imzolaydi. 

Eslatib o'tamiz, Kilian Mbappe ushbu mavsumda 23 o'yinda 13 gol va 12 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: RMC Sport