PSJ Mbappe qachon yakuniy qarorga kelishini biladi

Omonjon To`xtamirzayev
13 okt 2023, 18:46
Kilian hech qaerga shoshilmayapti.

L’Équipe"ning xabariga ko'ra, PSJdagilar Kilian Mbappe yakuniy qarorini klubning YCHLdagi ishtiroki yakuniga etganidan keyin qabul qilishiga ishonishmoqda.

Ma'lum qilinishicha, tomonlar moliyaviy masalalarda kelishuvga erishgan. Buning bir qismi haqida e'lon ham qilingandi. Shartnomasini uzaytirmagan futbolchi kattagina bonusdan voz kechgan.

Ayni damda parijliklar forvardning transfer masalasiga yozdagidan ko'ra ancha sokin munosabat bildirishmoqda. Eslatib o'tamiz, Mbappening amaldagi shartnomasi kelasi yil yozda yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: L’Équipe