

L’Équipe nashrining xabariga ko'ra, jamoaning bir qator muhim futbolchilari o'tgan yozgi transferlar oynasidan keyin jamoa kuchsizlangan deb hisoblaydi.
Klubdagilar Vitinya, Karlos Soler va Fabian Ruisni sotib olish uchun Leandro Paredes, Idrissa Guye va Yulian Draksler bilan xayrlashilganini tushunmagan. Jamoadagilarning fikricha, bu uch futbolchi o'yini transferni oqlamayapti. Shunday bo'lsada, futbolchilar Solerga nisbatan Ruis va Vitinyadan ko'ra yaxshiroq munosabatda bo'lmoqda.
Bazi o'yinchilar Yugo Ekitike ijaradan keyin aniq sotib olinishidan norozi, ularning fikricha, klub tarbiyalanuvchisi "Renn"ga sotib yuborilgan Arno Kalimuendo undan qolishmasdi.
PSJ markaziy himoyachi sotib ololmagani ham jamoa ichki muhitiga ta’sir o'tkazgan. PSJda futbol masalalari bo'yicha maslahatchi Luish Kampushning ishidan ayniqsa Neymar va Markinosning ko'ngli to'lmayapti.



