PSJ Fransiya terma jamoasi darvozaboniga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
26 iyul 2024, 11:39
Parijliklar Mayk Menyanni safiga qo'shib olmoqchi.

Fransiyaning PSJ klubi Italiyaning "Milan" jamoasi posboni Mayk Menyanga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi "Il Messaggero".



Xabar qilinishicha, parijliklar "Manchester Siti" qiziqayotgan Janluiji Donnarumma ketgan taqdirda, Menyanni transfer qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Mayk Menyan 2023/24 yilgi mavsum "Milan" tarkibida 42 ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 52 ta to'p olib chiqqan, 12 uchrashuvda esa gol o'tkazib yubormagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Il Messaggero