PSJ egalari "Braga" akciyalarini sotib oladi

Sherzod Nurmatov
10 okt 2022
Qatar Sports Investments "Braga" jamoasining 21,67 % ulushini xarid qiladi.

Ushbu xabar bugun tongda Fransiya nashrlarida paydo bo'ldi. PSJ va "Qatar Sports Investments" prezidenti Nosir Al Helayfi nomidan e'lon qilingan bayonotda Portugaliya futboli "eng ishtiyoqli muxlislarga ega va dunyodagi eng yaxshi iqtidorlar skautlar tarmog'iga ega ekanligi" tufayli ushbu qarorga kelgani ma'lum qilinadi. Shuningdek:

"Braga" nufuzli tarix, ulkan ambiciya va maydonda ham, maydon tashqarisida ham obro'-e'tiborga ega bo'lgan Portugaliyaning namunali muassasalaridan biridir. Sarmoyadorlar va hamkorlar sifatida biz klubning innovaciyasi, o'sishi va taraqqiy topishini ko'rishni sabrsizlik bilan kutamiz. Tijoriy nuqtayi nazardan o'z brendi va u qo'llab-quvvatlaydigan barcha jamoalar, erkaklar va ayollar jamoalari o'sishini ko'rishni istaymiz", – deyiladi bayonotda.

Ayni paytda Portugaliya chempionatida uchinchi o'rinni egallab turgan "Braga" QSI ma'lum ulushiga ega bo'lgan Yevropaning ikkinchi klubiga aylanadi. Belgiyaning "Eypen" klubi ham qatarlik sarmoyadorlarga tegishli.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport