PSJ 65 million evrolik transferni hal qildi

Khoja
11 avg 2025
"Bornmut" va Ukraina terma jamoasi himoyachisi Ilya Zabarniy PSJga o'tmoqda.

22 yoshli futbolchi allaqachon Parijga yetib kelgan va ertaga tibbiy ko'rikdan o'tadi. Parij klubi futbolchining transferi uchun 68 million evro sarflaydi.

Futbolchining o'zi bilan esa 5 yillik shartnoma imzolanadi.

Manbaga ko'ra, birinchi mavsumda u yiliga 4,5 million evro "sof" daromad oladi. Bonuslar qo'shib hisoblansa, futbolchining maoshi 8 million evroga yetishi mumkin. 

Zabarniy o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 42 mln evroni tashkil etadi.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru