PSJ 19 yanvar kungi o'yin uchun qancha ishlab olishi ma'lum

Eldor Akmurzayev
17 yanv 2023, 09:30
19 yanvar kuni Ar Riyodda “Al Nassr”/”Al Hilol” yulduzlaridan iborat qo'shma tarkib PSJga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Parijliklar ushbu o'yin uchun 10 mln evro ishlab olishi aytilmoqda. Shuningdek, translyatsiya orqali PSJ qo'shimcha bonus mablag'ini ham qo'lga kiritishi aytilmoqda. O'yin bir qator platformalarda bitta foydalanuvchi uchun 1,99 evrodan namoyish etiladi.

Eslatib o'tamiz, bo'lajak o'yin Qirol Fahd nomidagi xalqaro stadionda bo'lib o'tadi va uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: bescoccer.com