Prokuratura Felishning transferi borasida taftish ishlarini boshladi

Mirjalol Normatov
3 fev 2022, 18:50
Hujumchi Joau Felishning "Benfika"dan "Atletiko"ga transfer ishlarida qonun buzilgan bo'lishi mumkin.

AS xabariga ko'ra, Portugaliya prokuraturasi ushbu transferni o'rganib chiqish ishlarini boshladi.

Ayni damda "Benfika"ning sobiq prezidenti Luish Felipe Vieyra pullarning o'tkazilishida qallobliklar qilishda, Felish esa transfer ishlaridagi soliqlardan qochishda gumonlanmoqda.

Eslatib o'tamiz, 2019 yili "Atletiko" Felishni 127 million evro evaziga sotib olgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS